avatar
Куч
1.00
Рейтинг
+0.36

Мақолалар

Mening bobom, buvim, mahallamiz faxri

“Менинг бобом, бувим-маҳалламиз фахри” мавзусида ташкил этиладиган “Энг яхши иншолар” танлови
Илм-фан
Insho
Mening bobom, buvim mahallamiz faxri
Reja:
1. Nuroniy keksalarimizga bildirilgan ulkan ehtirom.
2. Keksalari ko’p mahalla, fayzli bo’lur.
3. Qari bilganni, pari bilmas.
4. Chehrasidan nur yog’ilgan, najot farishtalarimiz.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 22 yilligiga bag’ishlab o’tkazilgan tantanali yig’ilishda keksalarning jamiyat hayotidagi o’rniga alohida e’tibor berar ekan, quyidagilarni qayd etdi: “Vatanimizning musaffo osmonini asrashda, har qanday ofatlarni ostonamizga yo’latmaslik, ona yurtimizni fashizm balosidan himoya qilishda keksa avlod vakillarining qanday jasorat ko’rsatgani, front ortida mehnat qilib, g’alabaga munosib hissa qo’shgani, mamlakatimizni tiklash, uning ham harbiy, ham iqtisodiy, ham madaniy-ma’naviy salohiyatini oshirishda nuroniy keksalarimiz namoyon etgan fidoyilikni biz hamisha katta minnatdorlik bilan eslaymiz”. Yurtboshimizning yoshi ulug’ keksalarga ko’rsatgan hurmat –ehtiromida o’zbek xalqining asriy aqidasi va e’tiqodi mujassamdir. Haqiqatdan ham, keksalarga e’tibor, ularga ko’rsatilayotgan ehtirom, hurmat o’zbek xalqining ming-ming yillik qadriyatlari, urf –odatlari orasida o’ziga xos o’rin tutadi. Bugungi kunda ham, buning yaqqol ifodasini aks ettirib, yutboshimiz 2015-yilni “Keksalarni e’zozlash yili” deb e’lon qilganliklaridan bilish mumkin.
Keksalarimiz ro’shnolik timsollaridir. Xuddi ular ro’y beradigan narsani avvaldan biladiganday tuyuladi, hayolimda. Lekin, ularning ko’p yillik hayot tajribalari ularni donishmand qilib qo’yar ekan. Keksalarimizning yurtitimizni obod qilishda ko’rsatgan jonbozliklari taqsinga sazovordir. Keksalarimizning fikrlari, so’zlari misoli hikmatlar xazinasi ochilib, undan oltinga teng so’zlar, g’oyalar, nasihatlar chiiqanida tinglash juda maroqlidir. Ma’naviy fikrlashimiz o’zadi, dunyoqarashimiz boyiydi, komillik timsoliga yetishmoq uchun o’zgacha shijoat, o’zgacha g’ayrat paydo bo’ladi. Xuddi shunday, mahallalarimizdagi keksalar biz yoshlar uchun ulkan tajriba maktabi va barcha ezgu fazilatlar jam bo’lgan duog’oy jonkuyarlarimizdir. Bizning jonajon, gulistonlar ichida barpo bo’lgan “Bog’iston” mahallamizda ham yuzidan nur yog’iluvchi, duogo’y otaxon va onaxonlarimiz talaygina. Nuroniy keksalarimiz tufayli mahallamiz obod. O’zgacha tarovati bor. Qay xonadonga kirmang, fayzi o’zgacha. Mahallamizdagi har bir qariya shukronalik tuyg’usini o’zida jo etgan. Hamisha Vatanimizning, mahallamizning ravnaqi uchun jon kuydirishadi. “ Bir bolaga yeti mahalla ota-ona” deganlaridek bizning mahallada ham bu maqolga amal qilinadi. Keksalarimiz ma’naviy olamining mazmun-mohiyatini tashkil etadigan eng muhim jihat iymon butunligidir. Yoshi ulug’ otaxon-u, onaxonlarning yoshlarga ibrat bo’ladigan sifatlaridan yana biri sabrdir. “Keksalarni e’zozlash yili”ning maqsad-muddaolaridan biri, avvalo farzandlarimizning ota-onasiga hurmat-ehtiromoni yuqori darajaga ko’tarishdir.
Donishmand xalqimiz aytganidek: “qari bilganni, pari bilmas”. Yoshi ulug’ insonlarning yurish-turishi, pandu-nasihat, fikr-mulohazasida uzoq yillik tajriba va malaka ta’siri bilinib turishi sir emas. Barcha sohalarda ularning bosib o’tgan hayot yo’li o’rta va yosh avlodga mansub kishilar uchun maktab, saboq vazifasini o’taydi. Keksa otaxon-u onaxonlarimiz hayot yo’llari davomida ko’plab azob-uqubatlarni boshdan kechirganlar. Biz maktabimiz o’quvchilari bilan 9-may arafasida mahallamizdagi keksa kishilar holidan xabar olgani bordik. Nuroniy otaxon-u onaxonlarimiz bozib o’tgan hayot yo’llarini, ayniqsa urush davridagi achchiq xotiralarini nadomat bilan yodga olishdi. Bir momomizning aytgan gaplari juda xasratli edi. Ular bizga shunday dedilar: “ Eh, men qilmagan ish qolmadi hisob dunyoda. Ot –arava haydagan yoshligimni aytmaysizmi?! Qo’shiq aytib, ko’nglingni xush qilib haydasang, ot ham sening kayfiyatingga mos qadam tashlaydi. Qish kunlari erkaklar bilan birga ariq qazigan paytlarimiz ham bo’lgan. Ayol – nozik gul, deydilar. Lekin toshni teshib chiqadigan gullar ham bor. Bu aytgan gaplari momomiz kayfiyatini ozroq tushirdi xolos. Ular gaplari so’nniga shukronalik tuyg’usini iliq muhabbatga yo’g’rilgan so’zlar bilan bizga bayon qildilar. Keksalarga munosabat jamiyatimizning ma’naviy idealini belgilashdagi asosiy qadam hisoblanadi. Zero, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganidek, har qanday jamiyatning yoshi ulug’larga bo’lgan e’tibori va g’amg’o’rligi uning ma’naviy darajasini belgilaydi.
Xalqimiz tarixi turmush tarzida dunyo ahli uchun ibrat bo’la oladigan, asrlar o’tsada ahamiyatini yo’qotmagan, aksincha zaruriyati ortib borgan an’ana, qadriyatlar serob bo’lib, ular orasida yoshi ulug’ kishilar hurmatini joyiga qo’yish, tajribasini o’rganishga barcha zamonlarda katta e’tibor qaratilgan. Ana shu qadimiy an’ananing davlat siyosati darajasiga ko’tarilishida 2015-yilga mamlakatimizda “Keksalarni e’zozlash yili” deb nom berilishida katta hikmat bor. Bizning najot farishtalarimiz bo’lgan nuroniy keksalariniz hamisha, har qadamda hurmatga, e’tiborga loyiqdir. Keksalarimiz tufayli bugungi dorilamon kunlarda to’kin-sochinlikda hayor kechirmoqdamiz. Keksalarimizni “Ma’naviy jasorat sohibi” desakda mubolag’a bo’lmaydi. Nuroniy otaxon-u onaxonlarimizning buyukliklari ularning ma’naviy jasoratlaridadir.
Keksalar
Siz duo qilsangiz, bo’lgay ijobat,
Gullar izingizda, fayzu barokat.
O’zngiz donishmand, so’zingiz hikmat,
Davr keldi – qandingiz uring, keksalar,
Qarilik gashtini suring, keksalar.

Ona yurt faxrisiz, iftixorisiz,
Navqiron Vatanning ulug’vorisiz.
Bu yorug’ kunlarning bunyodkorisiz,
Zaxmatlar huzuring ko’rin keksalar,
Qarilik gashtini suring, keksalar.

Mo’tabar, nuroniy onaxonlaim,
Piru badavlatim, otaxonlarim.
Dunyo tinchin so’rab turgan jonlarim,
Dunyo turguncha turing, keksalar,
Qarilik gashtini suring, keksalar.

Manzil: Sirdaryo viloyati Mizaobod tuman 26-sonli umumta’lim maktabining 8-sinf o’quvchisi Abduvahobova Nargiza. O’qituvchisi: Oqmirzayeva Fotima.
Tel:+ 99890-107-87-51.